Mbappe PSJ bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 10 yanvar, 2024, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati anchadan beri jamoa etakchisi Kilian Mbappening yangi shartnoma bo‘yicha javobini kutmoqda.

Tecno

Taniqli insayder Edu Agirre 25 yoshli forvard klub bilan yangi bitim imzolashdan bosh tortganini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, Kilian PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan tez kunlarda uchrashishi belgilangan. Ana o‘sha suhbatda Mbappe klubning yangi shartnoma bo‘yicha taklifiga javobini shaxsan rahbarga aytadigan bo‘lyapti.

Kilian Mbappe faoliyatini qaerda davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtiryapti. Biroq voqealar rivoji qanday davom etishini hech kim bilmaydi.

To‘purarning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Hozir har qanday jamoa u bilan rasmiy muzokaralarga kirishishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!