Mbappe PSJ xo‘jayini bilan janjallashdi

  • 13 may, 2024, 22:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 33-turida PSJ o‘z maydonida “Tuluza”ga 1:3 hisobida yutqao‘ib qo‘ydi.

Biroq voqealarning kulminatsion nuqtasi ushbu uchrashuv boshlanishidan oldin yuz berdi. Le Parisien nashrining yozilishicha, o‘yindan oldin Kilian Mbappe va klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan janjallashdi.

Mojaroning kelib chiqishiga Al-Xelaifiy Kilian bilan uchrashib, nega xayrlashuv videosida atayin uning nomini tilga olmaganida izoh so‘raydi.

Oqibatda o‘rtada janjal va baqir-chaqirlar yuz bergani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Kilian Mbappe 2017 yildan beri parijliklar sharafini himoya qilmoqda. Klub tarixida eng ko‘p gol urishga erishgan 25 yoshli hujumchi PSJ bilan hamkorlikni uzaytirishni istamadi va yozda poytaxtni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!