Mbappe PSJda qolishiga sha’ma qildi (FOTO)
PSJ klubi forvardi Kilian Mbappe katta ehtimol bilan jamoada qoladi.
Gap shundaki, 20 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasiga PSJning yangi 2019/20 yilgi mavsumda foydalanadigan libosida tushgan suratini joylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mbappe parijliklar bilan tuzilgan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Mbappe PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 87ta o‘yinda maydonga tushdi va 60ta gol hamda 32ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar