Mbappe PSJdan ketyaptimi?

  • 30.11.2022 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Matbuot anchadan beri Kilian Mbappening PSJdan ketishi haqidagi ma’lumotlarni tarqatib keladi.

PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy bu mavzuga nuqta qo‘yish maqsadida frantsiyalik yulduz faoliyati bo‘yicha rejani aniq aytdi.

- Har hafta bitta savolga javob beraverish jonimga tegdi. Shunday bo‘lsa-da, yana bir bor qaytaraman: Kilian klubi bilan mehnat shartnomasini tuzgan. Bundan hamma baxtiyor.

PSJ bu mavsumda hali biror marotaba mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Uy uchrashuvlariga barcha chiptalar sotilmoqda, - dedi Nasser Al-Xelaifiy.

23 yoshli Mbappening amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. PSJ hujumchisi Frantsiya chempionatida 14 ta uchrashuvda 12 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!