Mbappe “Real” futbolchisiga aylanadi!
“Real” hujumchisi Karim Benzemaning yaqin do‘sti Muhammad Xenni PSJ to‘purari Kilian Mbappega tegishli yangilikni omma e’tiboriga havola qildi.
Xennining aytishicha, Karim Benzema avgust oxirida Mbappe “Real”ga kelishini yashirib o‘tirmagan. Biroq, Karim manbaning nomini sir saqlab, uning ishonchli ekanini ta’kidlagan xolos.
Mbappening PSJ bilan shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Yaqinda Kilian klub rahbariyatini jamoadan ketishi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, yosh hujumchi “Qirollik klubi”dan bu transfer masalasida qat’iyatli bo‘lishni so‘ramoqda.
Mbappega “Liverpul” ham da’vogarlik qilyapti.



Fikrlar