Mbappe "Real"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Madridning "Real" klubi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, hujumchi Kilian Mbappe 2025/26 yildgi mavsum yakunlariga koʻra, jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.
Mavsum davomida fransiyalik forvard toʻrt marta klubda oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga, u "Real" safida ikkinchi bor mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb tan olindi.
2025/26 yildgi mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 44 ta oʻyin oʻtkazib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Ispaniya chempionatida 25 ta gol bilan toʻpurar boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Kilian Mbappe 2024 yilda PSJdan "Real"ga erkin agent sifatida oʻtgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Fikrlar