Mbappe “Real”ga o‘tmaganidan qaysi klubda o‘ynashini aytdi
“Real” hujumchisi Kilian Mbappe 2024 yilning yozida Madrid klubiga o‘tishi amalga oshmagan taqdirda o‘z kelajagi qanday ko‘rinish hosil qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
- Men Parijda yetti yil o‘tkazdim, bu men uchun sharaf edi. Menimcha, men bu haqida yetarlicha gapirmaganman yoki ko‘rsatmaganman, ammo men doimo qaerdan chiqqanimni va “PSJ” qanday buyuk klub ekanini eslab yurar edim. Men har doim bu Fransiyadagi eng katta klub va dunyodagi eng yaxshilardan biri, deb aytganman.
Keyin men dunyodagi eng katta klub – “Real”ga o‘tdim, ammo doimo ta’kidlaganmanki, bu men PSJni tark etishim mumkin bo‘lgan yagona klub edi. Agar men “Real”ga o‘ta olmaganimda, umrimning oxirigacha PSJda qolardim.
Men bu klubda o‘ynashni orzu qilganman va bundan juda xursandman. Doimo parijliklar o‘yinlarini ko‘raman, jamoada do‘stlarim bor va ular hozir juda yaxshi o‘ynayapti, - dedi Mbappe.

Fikrlar