Mbappe "Real"ga o‘tmoqchi bo‘layotgan futbolchini yo‘ldan urmoqchi

  • 24 may, 2022, 18:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyatiga transfer oynasida ikki futbolchi sotib olish iltimosi bilan murojaat qildi, deb xabar beradi "Bild".

Tecno

23 yoshli forvard "Monako" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni va "Barselona" vingeri Usmon Dembeleni parijliklar safiga o‘tishini istamoqda.

Qayd etilishicha, PSJ vakillari allaqachon Dembelening agenti bilan uchrashib, ehtimoliy transferni muhokama qilishgan. Ammo Orelenni sotib olish Parij grandi uchun qiyin bo‘lishi mumkin. Sababi, kecha OAV orqali Tchuameni "Real" bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

2021/22 yilgi mavsumda Dembele "Barselona" safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 13 ta golga assistentlik qildi.

Tchuameni esa joriy mavsum “Monako” tarkibida 47 ta uchrashuvda 5 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga alangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!