Mbappe rejasini oshkor qildi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bu yil klubni tark etmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda parijliklar sport direktori Leonardo futbolchilarga xabar bergan.
Qolaversa, Mbappening o‘zi ham yaqinlariga mavsumni PSJda davom ettirishi haqida ma’lum qilgan.
Frantsiyalik hujumchi yaqinda PSJning olti yillik shartnomasini qabul qilmagan edi. U “Real”ga o‘tmoqchiligini yashirmayapti. Madridliklar Kilianni shu yozda tarkibiga qo‘shib olish uchun 120 million evro berishga tayyor.
Agar Mbappe PSJ bilan yangi shartnoma imzolamasa kelasi yozda erkin agent sifatida klubdan tekinga ketadi.

Fikrlar