
Mbappe Ronaldu haqida qattiq gapirdi
Kilian Mbappe La Liganing to‘rtinchi turiga kelib, chempionatdagi gollari hisobini ochdi. Frantsiyalik forvardning “Betis” darvozasiga kiritgan bir juft goli madridliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
O‘yindan keyin Kilian Mbappe ko‘pchilik uni Krishtianu Ronalduning vorisi, deb hisoblayotganiga munosabat bildirdi.
- Krishtianu – mening kumirim, lekin men uning vorisi bo‘lib, ortiqsa bosimni his qilmoqchi emasman. Men shunchaki Kilian bo‘lishni istayman. Men faqat o‘z nomim va jamoam sharafini munosib himoya qilish haqida bosh qotiraman, - dedi Mbappe.
Mbappe yozda erkin agent sifatida Madridga keldi. “Qirollik klubi” Kilian bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.
Fikrlar