
Mbappe Ronaldu va Messining vorisidir
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Blez Matyuidi PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlariga baho berdi.
"Kilian asosiy nomzodlardan biri, shuning uchun Mbappe bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin. U yosh bo‘lishiga qaramay ajoyib futbolchi ekanligini isbotladi. Uning maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinlari ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirmoqda va buni mashg‘ulotlarda ham ko‘ramiz. Mbappe bu yil yoki keyingi yil “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun hamma narsaga ega. O‘ylaymanki, u Messi va Ronalduning haqiqiy vorisidir", - deya Matyuidining so‘zlarini keltiradi "Afrique Sports" nashri.
Fikrlar