Mbappe tez orada “Real”ga o‘tadimi? PSJ buni inkor qilolmadi!

  • 1 dekabr, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappening PSJdan ketishi eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzulardan biri hisoblanadi.

Tecno

23 yoshli futbolchi yozda PSJ bilan yangi shartnoma tuzdi. Biroq, klub ichida turli muammolarga duch kelmoqda. Xususan, Mbappening klub rahbariyati va janubiy amerikalik futbolchilar bilan munosabati buzilgan.

Ko‘pchilik Mbappe tez orada “Real”ga o‘tishini kutmoqda. PSJ sport direktori Luish Kampush bu masalaga oydinlik kiritdi.

- Mbappe tez orada “Real”ga o‘tishi haqida gaplar chiqdi. Kilian PSJda qolishga qaror qilgan va hozir jamoamizda juda zo‘r o‘ynayapti. Parijliklar jamoada dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri to‘p tepayotganidan mamnun. Lekin kelajakda nima bo‘lishini oldindan bilmaymiz, - dedi Luish Kampush.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!