Mbappe transferiga dahshatli summa ajratildi. Bu rekord bo‘ladi!

  • 14 iyun, 2023, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Benzema bilan xayrlashgan “Real” rahbariyati uning o‘rnini klub orzusi bo‘lgan Kilian Mbappe bilan to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

24 yoshli frantsiyalik futbolchi kelasi yili PSJ bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qilganidan keyin parijliklar hujumchini sotib yuborishga qaror qildi. PSJ rahbariyati hozir o‘z to‘purarini bir necha klublarga taklif qilgan.

L'Équipe nashrining ta’kidlashicha, “Real” prezidenti Florentino Peres PSJ va Mbappe o‘rtasidagi vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Peres Mbappeni Madridga olib kelish uchun 200 million evro miqtorida mablag‘ ajratmoqda.

Agar bu reja amalga oshsa, Mbappe “Qirollik klubi” tarixida eng katta transfer sohibiga aylandi. Amaldagi rekord yaqinda klubni tark etgan Edeni Azarga tegishli. Madridlikoar beogiyalik o‘yinchi uchun “Chelsi”ga 115 million evro to‘lagan va Azar yakunlangan mavsumda ham La Ligada eng katta maosh oladigan o‘yinchi edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!