Mbappe: Umrimda bir marta bo‘lsa ham Olimpiadada ishtirok etishni xohlayman

  • 23.12.2019 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ forvardi Kilian Mbappe Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish niyati borligini aytdi.

“Olimpiadada ishtirok etish men uchun o‘ta muhim narsa emas. Albatta, u erga borishni xohlayman, lekin menga ish beruvchi hisoblangan klubim bunga qarshi bo‘lsa, ular bilan mojaroga borishni xohlamayman. Biz tez orada Leonardo bilan bu borada gaplashib olamiz.

Shuningdek, Dide Desham ham Evropa chempionati hisobidan Olimpiadaga borishimga mutlaqo qarshi. Men esa unga Evropa chempionatida ham albatta o‘ynashimni unga aytdim. Men unga hammasini o‘zi hal qilishini aytdim. Agar men 2020 yildagi Olimpiadaga borolmasam, menda 2024 yil Parijda bo‘ladigan Olimpiadaga borish imkoniyati paydo bo‘ladi. Men umrimda bir marta bo‘lsa ham Olimpiadada ishtirok etishni xohlayman”, - deydi Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!