
Mbappe va Neymar PSJ tarixidagi eng yaxshi futbolchilar emasmi?!
Frantsiyaning L'Equipe nashri PSJ tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
E’tiborlisi, ushbu tarkibdan Neymar va Kilian Mbappelarga joy topilmadi. Quyida ushbu ramziy jamoa bilan tanishib olishingiz mumkin:
Darvozabon: Bernar Lama;
Himoyachilar: Loran Furne, Rikardo Gomes, Markinos, Gabriel Xayntse;
Yarim himoyachilar: Marko Verratti, Blez Matyuidi, Rai, Ronaldino;
Hujumchilar: Jorj Vea, Zlatan Ibragimovich.
Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti.
Fikrlar