Mbappe va Neymar o‘rtasidagi janjalning 2-raundi boshlandi

  • 13.09.2022 11:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

“Goal.com” nashrining xabariga ko‘ra, PSJ hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasidagi mojaro haligacha barham topgani yo‘q. Braziliyalik hujumchi frantsiyalik hamkasbining maydonidagi xudbin harakatlaridan hamon norozi bo‘layotgan bo‘lsa, Mbappega kiyinish xonasida raqibining obro‘-e’tibori ko‘tarilib ketayotgani yoqmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar va Kilian o‘rtasida 11 metrlik zarbalarni bajarish borasida jiddiy mojaro yuzaga kelgandi. Braziliyalik futbolchi Mbappe jamoaning asosiy penalti tepuvchisi etib tayinlangani norozi bo‘lgan. Mojaroga bosh murabbiy Kristof Galte aralashishiga to‘g‘ri keldi va vaqtinchalik kelishmovchiliklarni bartaraf etdi.

Neymar bu mavsumda Liga 1ning 7 ta o‘yinida 7 ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappe esa 6 ta o‘yinda 7 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!