Mbappe Zidan bilan gaplashib oldi, u "Real"ga o‘tishga tayyor

  • 26 mart, 2019, 16:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Real" Madrid bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan shaxsan gaplashdi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 20 yoshli frantsuz hamyurti bilan bo‘lgan suhbat davomida kelayotgan yozda “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan. Buning uchun u xatto PSJ rahbariyatidan o‘zini Madridga qo‘yib yuborishlarini ham so‘ramoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Mbappe uchun 280 mln evro taklif qilishga tayyorligi, futbolchi esa madridliklardan yiliga 15 mln evro maosh talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!