
Mbappe ziddiyatga nuqta qo‘ydi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan yuzaga kelgan ziddiyatga nuqta qo‘yadigan bo‘ldi. RTLSport jurnalisti Abdel Bulmaning ta’kidlashicha, 24 yoshli hujumchi rahbariyat bilan kelishib olishni ma’qul ko‘rgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kilian Mbappe klub bilan kelishuvni 2025 yilning yozigcha uzaytiradi. Biroq, yangi shartnomada o‘yinchining 2024 yil yozida “Real”ga o‘tishi uchun to‘sqinlik qilinmasligi belgilab qo‘yilgan band bo‘lishi shart.
PSJ mutasaddilari Kilian Mbappening erkin agent sifatida ketib qolishi klubni barbod qilishini ochiq tan olishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng frantsiyalik forvard pozitsiyasini o‘zgartirdi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati hujumchini umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytargan va Mbappe kelasi bellashuvlarda qatnashish imkoniga ega.
Fikrlar