Mbappeda jarohat bilan bog‘liq muammo yo‘q

  • 8 mart, 2022, 23:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Kilian Mbappe bugun Madridda mashg‘ulot jarayonida ishtirok etdi. U "Real"ga qarshi muhim bahsga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Tecno

Avvalroq chiqqan xabarlarga ko‘ra, Mbappe mashg‘ulotlar paytida jiddiy jarohat olgandi. Biroq ko‘rinib turibdiki, uning ahvoli juda og‘ir darajada emas. 

Frantsiyalik iqtidor sohibi "Real" bilan o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Kilian Mbappe joriy mavsum EChLning 7 bahsida 5 gol va 6 assist muallifiga aylangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!