Mbappega alam qilyapti
PSJ o‘tgan mavsum davomida Kilian Mbappeni jamoada qolishga ko‘ndirish uchun juda uzoq vaqt davomida muzokara olib bordi.
Frantsiyalik hujumchi bir necha talab qo‘yganidan keyin klub uni bajarishga va’da bergandi, shundan so‘ng Mbappe shartnomani imzoladi.
Endi ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshlining asosiy talablari bajarilmay qolgan ekan. Hozir Kilian shundan g‘azabda. Mbappe yozda Neymarni sotib yuborishni va o‘rniga “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini olib kelishni talab qilgan va klub xo‘jayinlari shunday qilish to‘g‘risida va’da bergan.
Amalda unday bo‘lib chiqmadi. Neymar jamoada qoldi, braziliyalik yulduzning jamoa ichidagi ta’sir doirasi kuchayib bormoqda. Mbappe oldingi chiziqda birga o‘ynamoqchi bo‘lgan Levandovski “Barselona”ga o‘tib ketdi va Kataloniyada to‘purarlik mahoratini namoyish qilyapti.
Mbappe o‘zini har yili 131,2 million evro topayotgani bilan ovutishi mumkin xolos. Hozirgi paytda u eng ko‘p daromad topayotgan o‘yinchi hisoblanadi.
Fikrlar