Mbappega "atalgan" pullar Neymarga nasib qilishi mumkin

  • 10 avgust, 2023, 15:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bundan avvalroq hujumchi PSJ rahbariyatiga klubni tark etish istagi borligini aytgani haqida xabarlar tarqalgan edi. M’alum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchining transferiga "Al-Hilol" qiziqmoqda.

Tecno

Relevo nashri xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi Neymar uchun 200 million evrodan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor - bu summaga transfer narxi va futbolchining 3 yillik maoshi kiradi. "Al-Hilol" braziliyalik futbol yulduzi uchun avvalroq Kilian Mbappega taklif qilgan mablag‘ning bir qismini sarflashni rejalashtirmoqda.

Parijliklar Neymarni "Al-Hilol"ga qo‘yib yuborishga tayyor, chunki ular hujumchini Evropa jamoasiga sotmoqchi emas. Futbolchining o‘zi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish istiqboliga shubha bilan qaramoqda.

Neymarning ehtimoliy transferi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozir "Al-Hilol" va PSJ faqat Marko Verratti transferini muhokama qilmoqda. Tez orada Neymar bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!