
Mbappeni oladigan jamoa topildi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubni tark etishni rejalashtirmoqda. Parijliklar unga 400 million evro narx belgilagan. Tabiiyki, bu narxga uni hech kim olmaydi.
Mbappening o‘zi klubdan shartnomasini sotib olmoqchi. Shunday qilsa, u erkin agentga aylanadi va istagan jamoasiga o‘tishi mumkin.
- “Manchester Siti” o‘tgan yoz Erling Xolandni qo‘lga kiritganiga qaramay, Kilian Mbappeni ham o‘z safiga qo‘shib olish imkoniga ega, - deb xabar tarqatdi Marca nashri.
Aslida hujum chizig‘ida Xoland va Mbappe tandemini o‘ynatish, “Real”ning g‘oyasi edi. Erling madridliklar safida Karim Benzema borligi uchun Angliyaga ketishni ma’qul ko‘rdi. Mbappe esa, katta pul evaziga PSJda qolishni ma’qul ko‘rdi.
Mbappe atrofidagi vaziyat tobora qizg‘in tus olmoqda.
Fikrlar