Mbappeni transfer qilmaymiz!

  • 21.06.2023 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasiga Kilian Mbappe kerak emasligini ta’kidladi.

Avvalroq, 24 yoshli hujumchi PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasligini e’lon qilganidan keyin klub uni sotib yuborishga kirishgan edi. Mutasaddilar Mbappeni bir necha jamoaga taklif qilgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Xosep Gvardiola bu borada quyidagicha fikr bildirdi.

- Biz Kilian Mbappeni transfer qilmaymiz. U “Manchester Siti”ga o‘tmaydi. Hammangiz u qaysi jamoaga bormoqchi ekanini bilib turibsiz-ku, - dedi Xosep Gvardiola.

Darhaqiqat, Kilian Mbappe anchadan beri “Real”ga o‘tishni istayotgani haqida ko‘p ma’lumot tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!