Mbappeni xoinlikda ayblagan superklub undan butkul voz kechdi
“Real” rahbariyati kelajakdagi transferlar rejasidan PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni chiqarib tashladi. “Qirollik klubi” frantsiyalik hujumchini xoin, deb hisoblamoqda. Bu haqda El Debate nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Real” rahbariyati Mbappe madridliklarning unga bo‘lgan qiziqishidan PSJdagi maoshini oshirib olish yo‘lida foydalanganini yangi anglab etgan.
Ma’lumki, o‘tgan mavsum oxirida ko‘pchilik yosh hujumchining Madridga kelishini kutgandi. Lekin parijliklar unga rekord darajada maosh taklif qilganidan keyin Kilian Parijda qolishga qaror qildi.
Bundan tashqari, madridlik muxlislar o‘zlarini aldangan his qilmoqda va Mbappe “Real”ga kelgan taqdirda ham uni qabul qilishni istashmaydi.
Fikrlar