Mbappening "Real"ga kelishi "qirollik klubi" futbolchilarining jamoadagi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadimi?

  • 20 fevral, 2024, 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi rahbariyati hozirda PSJda to‘p surayotgan hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash uchun jamoaning amaldagi futbolchilaridan birortasi bilan xayrlashmoqchi emas. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, "qirollik klubi" murabbiylar shtabi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda klubning asosiy tarkibidan joy olgan barcha futbolchilarga umid bog‘lamoqda.

Qolaversa, so‘nggi yillarda “Real”da futbolchilar bilan shartnoma imzolash uchun iqtisodiy tizim yaratildi, bu ularga jamoaning mavjud o‘yinchilarini sotmasdan Mbappe bilan mehnat shartnomasini tuzish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda frantsiyalik hujumchi “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!