
Mehdi Mahdavikiya: "O‘zbekiston yosh va kuchli tarkibga ega"
O‘zbekiston U-23 hamda Eron U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan (1:1) so‘ng, Eron olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya matbuot anjumanida birinchi bo‘lib ishtirok etdi.
Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo musobaqaga yoshroq tarkib bilan kelganimiz sezildi. Raqib jamoa safidagi 20 raqamdagi futbolchi menda iliq taassurot qoldirdi.
Bugun g‘alaba qozonishga harakat qildik, ammo ko‘rganingizdek, to‘p darovza to‘riga kirishni istamadi. Ba’zida, futbolda shunday ham bo‘lib turadi. Afsuski, tarkibizdagi barcha futbolchilar ham Eron chempionatida to‘p surmaydi.
E’tiborlisi shundaki, O‘zbekiston U23 yosh va juda kuchli tarkibga ega ekan. Qatar esa, turnirda tajribaliroq futbolchilar ko‘proq suyandi. Turkmaniston ham kelajakni o‘ylab yoshroq futbolchilarga ishonch bildirdi.
Asl maqsadimiz Olimpiyadaga yo‘llanma olish. Musobaqa biz uchun ulkan tajriba bo‘ldi. Hal qiluvchi birinchilikda bor imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz.
Fikrlar