Men “Barsa”ga qaytmayman!

  • 2 oktabr, 2021, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda “Barselona” yangi bosh murabbiy qidirayotgani haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

Tecno

Nomzodlar biri sifatida Ispaniya terma jamoasini boshqarayotgan Luis Enrike ham tilga olinmoqda.

Biroq, bu mutaxassis Kataloniya klubiga qaytmasligini ma’lum qildi. Luis Enrike 2014-2017 yillar davomida “Barselona”ni muvaffaqiyatli boshqargan edi.

- Yaqin kelajakda men “Barselona”ga qaytmayman. Laportada mening raqamim yo‘q. Ispaniya terma jamoasi bilan shartnomam bor va men bunga hurmat bilan yondashaman. Men terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lib qolaman, - dedi Luis Enrike.

Bu mutaxassis qo‘l istida “Barselona” ikki martadan Ispaniya chempionati va mamlakat kubogi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, kataloniyaliklar Ispaniya Super kubogi, UEFA kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogida ham zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!