Men "Chelsi"dan ketmayman!

  • 19 yanvar, 2022, 20:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel shartnomasining oxirigi kunigacha klubda qolishini ma’lum qildi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis PSJdan olib kelinganida unga qisqa muddatli shartnoma berilgan va bitim jamoa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanidan keyin 2024 yilning yozigacha uzaytirilgandi.

- 2024 yilning yarmigacha imzolangan shartnomam amalda ekan shu erda birga bo‘lishga harakat qilaylik. Tarix bu klubda qolish juda murakkab ekanidan dalolat bermoqda. Lekin men buni uddalashimga ishonaman.

Hamma “Chelsi”da ishlagan murabbiy natija ko‘rsatishi shartligini yaxshi biladi. Men o‘sha natijalarni olib keladigan sharoitlarni yaratishga mas’ulligimni chuqur his qilaman, - dedi Tomas Tuxel.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!