Men futbolchimas, qo‘shiqchi bo‘lmoqchi edim!

  • 30 avgust, 2022, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchisi Toni Kroos qo‘shiqchi bo‘lmoqchi ekanini tan oldi. Shuningdek, tajribali yarim himoyachi kontsertlarga borishni kanda qilmasligini ham aytdi.

Tecno

+- Agar futbolchi bo‘lmaganimda qo‘shiqchi bo‘lardim. Aslida shu kasbni tanlamoqchi bo‘lganman. Kuylash o‘ziga xos talantni talab qiladi. Menga aynan mana shu narsa etishmagan. Kuylay olish juda yoqimli hissiyot.

Robbi Uilyams kabi o‘z qo‘shiqlari bilan stadionga odam to‘plab ajoyib narsa. O‘z guruhi bilan gastrolga chiqish ham zo‘r.

Men kontsertlarga borishni xush ko‘raman. Bundan ijobiy energiya olish mumkin, - dedi Toni Kroos.

Toni Kroos Germaniya milliy terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan futbolchilardan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!