Men “Real”dan ketmayman!

  • 9 iyul, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da o‘zini ko‘rsata olmagan Luka Yovich mavsumni ijara asosida Bundesliga vakili “Aytraxt” jamoasi safida yakunladi.

Tecno

Ayni paytda “Qirollik klubi” PSJdan Kilian Mbappeni olish uchun mablag‘ topish maqsadida olti futbolchini sotib yubormoqchi. Ular orasida serbiyalik hujumchi ham bor. Biroq, Luka Yovich yangi bosh murabbiy Karlo Anchelotti qo‘l ostida asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchi.

23 yoshli futbolchi bu gal ijaraga ketishga ham ko‘nmayapti va italiyalik bosh murabbiyning ishonchini qozona olishini ta’kidlamoqda.

Karlo Anchelotti “Napoli”da ishlagan vaqtida Luka Yovichga xaridor bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, yangi murabbiy hujumchi o‘zini ko‘rsatishi uchun unga etarlicha imkon beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!