Men “Roma”da o‘ynashim kerak

  • 30 dekabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spetsiya” jamoasida bir necha mavsumdan beri to‘p tepayotgan hujumkor futbolchi Kevin Agudelo faoliyatini Italiyaning kuchli klublaridan birida davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Kolumbiyalik futbolchi Evropaga 2019 yilning yozida kelgan. Dastlab, “Jenoa” bilan shartnoma tuzgan Agudelo ijara asosida “Fiorentina”da ham o‘ynadi.

“Spetsiya” Kevinni 2020 yildan beri ijaraga olib o‘ynayotgan edi. O‘tgan yozda “Jenoa” kolumbiyalik o‘yinchini 2,70 million evroga “Spetsiya”ga sotib yubordi.

Agudelo “Spetsiya”da ham uzoq ushlanib qolmoqchi emas.

- Men Italiyaning eng yaxshi jamoalarida o‘ynashim kerak. “Roma”, “Yuventus”, “Latsio”, “Inter”, “Milan” kabi klublarni orzu qilyapman. Chunki ular A Seriyada g‘olib chiqib, Chempionlar ligasida qatnashish uchun kurashmoqda, - dedi 24 yoshli futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!