
“Menda “Barsa”dan boshqa takliflar ham ko‘p”
Ronald Kuman olishni istayotgan hujumchi Memfis Depay ayni paytda bor e’tiborini “Lion”ga qaratganini ma’lum qildi.
- To‘g‘risini aytsam, men hozir zo‘r jamoada o‘ynayapman. Oldindan nima bo‘lishini aytib bo‘lmaydi. Anig‘i shuki, men hozir jamoa sardori va men uchun eng muhimi uchrashuvlarda g‘alaba qozonish uchun ko‘proq mehnat qilish. Agar nuqul kelajak haqida o‘ylasam, o‘yinimni yo‘qotib qo‘yaman. Hozir bor e’tiborim “Lion”ga qaratilgan.
“Barselona” masalasida biror yangi gap aytolmayman. Menga kataloniyaliklardan tashqari boshqa klublardan ham takliflar bo‘lyapti, - dedi Memfis Depay.
Depayning “Lion” bilan shartnomasi 2021 yilning 30 iyunida yakunlanadi. Erkin agentga aylanadigan hujumchini qator klublar o‘z safida ko‘rmoqchi. Eng asosiy da’vogar “Barselona” hisoblanadi.
Fikrlar