
Menga bu erda “non qolmadi”!
PSJ Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummani transfer qilganidan keyin parijliklar tarkibidagi posbonlardan biri - Serxio Riko klubni atrk etdi.
27 yoshli ispaniyalik darvozabon asosiy tarkibda Keylor Navasning o‘rinbosari edi va yakunlangan mavsumda Frantsiya chempionatida o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan to‘rttasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Serxio Riko Keylor Navas ketganidan keyin birinchi raqamli darvozabonga aylanishini kutayotgandi. Biroq, Donnarummaning kelishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi.
Endi Serxio Riko ilgari Ispaniya yoki Angliya chempionatiga qaytmoqchi. U o‘z vaqtida “Sevilya” va “Fulxem” darvozasini muvaffaqiyatli qo‘riqlagan edi.
Fikrlar