Menga “Real”da “non” qolmadi

  • 5 dekabr, 2022, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumkor futbolchisi Eden Azar yanvar oyida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Yaqinda bu futbolchi avvalgidek yuqori sport formasiga qayta olmasligini tan olgandi.

Tecno

Qatardagi jahon chempionatida ham Eden Azar o‘z o‘yini bilan yaxshi taassurot qoldira olmadi. Belgiya terma jamoasi kuchli tarkibga ega bo‘lganiga qaramay, turnirni erta tark etdi.

Azarning o‘zi chempionatning guruh bahsilarida birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham o‘tgan mavsum tajribali futbolchiga imkon berishga harakat qilgan edi. Biroq, Azar italiyalik murabbiyning ham ishonchini qozona olmadi. Hozircha, biror jamoa belgiyalik yuluz xizmatiga qiziqish bildirayotgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!