Menga “Siti” ham, “Yunayted” kerakmas, boshqa klubga o‘taman!

  • 21.07.2024 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Benfika”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Joau Neveshga Evropaning bir necha grand klublari qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik futbolchi  Manchesterning ikki superklubidan kelgan takliflarni rad etdi. Umuman olganda, Nevesh Angliya Premer-ligasi vakillarining chorlovlarini qabul qilmasligini bildirdi.

TEAMtalk nashriga ko‘ra, tayanch yarim himoyachisi faoliyatini PSJda davom ettirishni istayapti. Unga parijliklar taklif qilgan loyiha, shartnoma va maosh to‘liq ma’qul kelgan.

Joau Nevesh “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.

Transfermarkt ekspertlari iste’dodli o‘yinchini 55 million evroga baholayotgan bo‘lsa-da, “Benfika” uni 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!