Mening aytganim bo‘ladi! Xabi Alonso Mbappe va Vinisiusni “sindirdi”

  • 3 iyun, 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoada Karlo Anchelotti davrida yuzaga kelgan ayrim kamchiliklarni bartaraf  etishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Xususan, eng katta muammolardan biri hujumchilar Kilian Mbappe va Vinisius Junior bilan bog‘liq. Bu yulduzlar ko‘pincha himoyaga yordam berishdan bosh tortadi. Ularning ortga qaytib o‘ynashni istamasligi Karlo Anchelotti boshqaruv davrida ham juda ko‘p muhokama qilingan.

Marca nashrining yozishicha, Xabi Alonso bu ikki hujumchiga qat’iy talab qo‘ydi. Unga ko‘ra, Mbappe ham, Vinisius ham himoyani mustahkam ushlashga o‘z hissasini qo‘shishi shart.

Yangi murabbiy hech bir futbolchini himoyalanish majburiyatidan ozod qilmaydi. Chunki Alonso jamoa darvozasini daxlsiz saqlab qolib, jamoaviy harakat samarasi bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari surmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!