Merab Dvalishvili: "Oldimda kar'yeramdagi eng qiyin sinovlardan biri turibdi"
UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi trilogiya oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.
"Yanga qarshi ikkinchi jangdan oldin koʻpchilik: “Sen uni allaqachon yenggansan, yana nimaga kerak bu bahs?” deb gapirardi. Hamma yana gʻalaba qozonishimni kutayotgandi. Lekin men uchun bu juda jiddiy sinov ekanini yaxshi tushunardim. Pyotr men uchun hech qachon oson raqib boʻlmagan va boʻlmaydi ham. Buni bilardim, lekin baribir uning qay darajada kuchli ekani, zarbalari qay darajada ogʻir tushishini jangda yana bir bor his qildim. Agar bu safar juda puxta, juda toʻgʻri tayyorgarlik koʻrmasam, yomon holatda oktagonga chiqsam, u yana meni qattiq jazolashi mumkin.
Oldimda karyeramdagi eng qiyin sinovlardan biri turibdi. Odatda shunday vaziyatlarda, kuchli raqib va katta imtihon kutganini bilganimda oʻzimni eng yaxshi tomondan koʻrsataman. Avvalgi jang oldidan ham qattiq mashq qilganman, lekin yetarlicha dam olmasdan, oxiriga borib oʻzimni butunlay charchatib qoʻygandim", — deya taʼkidladi Merab Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Dvalishvili va Pyotr Yan toʻqnashuvi 7 dekabr kuni "UFC 323" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar