
Mertens mavsum yakunlangach "Napoli"dan ketmoqchi
"Napoli" klubi forvardi Dris Mertens mavsum yakunlangach jamoadan ketmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash lozimki, 32 yoshli belgiyalik futbolchining neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Hozircha klub unga kelishuvni uzaytirishni taklif qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mertensga “Anderlext” va Xitoy klublaridan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Mertens “Napoli” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyaning 2 ta turida o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar