
Mertensni sotib olishni istagan Xitoy klublari “Napoli”ga ko‘proq pul to‘laydigan bo‘ldi
“Napoli” klubi o‘zining belgiyalik vingeri Dris Mertens bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Unga ko‘ra Mertensning kompensatsiya summasi Xitoy klublari uchun 50 million evro, qolgan barcha jamoalar uchun esa 35 million evroni tashkil etadi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
29 yoshli futbolchining neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Yangi kelishuvga ko‘ra Mertens “Napoli” bilan 2020 yilga qadar shartnomani uzaytiradi.
Ma’lumot uchun, belgiyalik forvard ushbu mavsum “Napoli” safida jami 23ta o‘yinda ishtrok etib, o‘z hisobiga 15ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Aytish kerakki Mertens o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Belgiyaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar