
Messi - eng yomon o‘yinchi!
Frantsiyaning L’Equipe nashri kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJ - "Real" (1:0) uchrashuvida maydonga tushgan futbolchilarga qo‘yilgan ballarini e’lon qildi.
E’tiborlisi, kechagi bahsda qatnashgan futbolchilar orasida Lionel Messi eng past bahoga munosib ko‘rildi. Argentinalik yulduzga 10 ochkolik baholash tizimida bor yo‘g‘i 3 ball qo‘yilgan. O‘yindagi yagona golga mualliflik qilgan Kilian Mbappe esa 8 ball olgan.
"Real" safida eng yaxshi bahoni darvozabon Tibo Kurtua (8) oldi, eng yomonini esa himoyachi Dani Karvaxal (2).
Eslatib o‘tamiz, Messi kechagi o‘yinda penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Fikrlar