
Messi - FIFA 21 futbol simulyatorining eng zo‘r futbolchisi, Ronaldu esa...
"Barselona" forvardi Lionel Messi EA Sports kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan FIFA 21 futbol simulyatorining eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi.
Kuchli uchlikdan "Yuventus" to‘purari Krishtianu Ronaldu va "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski joy oldi.
FIFA 21 futbol simulyatori 9 oktyabr kuni sotuvga chiqariladi.
Quyida FIFA 21ning eng yaxshi 10 ta futbolchisi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Messi ("Barselona") – 93
2. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") – 92
3. Robert Levandovski ("Bavariya") – 91
4. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti") – 91
5. Neymar (PSJ) – 91
6. Yan Oblak ("Atletiko") – 91
7. Virjil van Deyk ("Liverpul") – 90
8. Kilian Mbappe (PSJ) – 90
9. Muhammad Saloh ("Liverpul") – 90
10. Sado Mane ("Liverpul") – 90
Fikrlar