
Messi, bu senga “Barselona” emas!
Frantsiya chempionatining oltinchi turida “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiraga olinganidan norozi bo‘lgan Lionel Messi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga qo‘l berishni istamadi.
O‘yindan keyin Pochettino bu vaziyatga quyidagicha izoh berdi.
- Menimcha, PSJ tarkibida zo‘r o‘yinchilar ko‘pligini hamma biladi. Ro‘yxatda 35 nafar futbolchi bor. Biz o‘yin kuni tarkib borasida qaror qabul qilishimiz, uchrashuv vaqtida jamoa va o‘yinchi uchun eng yaxshi variantni tanlashimiz kerak.
Ba’zan qaror ijobiy natija beradi, ayrim holatlarda esa bunday emas. Qaror qabul qilish – murabbiyning vazifasi. Uning qarori kimgadir yoqishi, boshqasiga ma’qul kelmasligi mumkin. Men Messi bilan bu vaziyat borasida gaplashdim, u hech qanday muammo yo‘qligini aytdi, - dedi Pochettino.
Lionel Messi maydonni tark etganidan keyin uning o‘rnida hujumda o‘ynagan Mauro Ikardi g‘alaba to‘pini kiritib, jamoasining 2:1 hisobidagi muvaffaqiyatini ta’minladi.
Fikrlar
Месси учун уятли ҳолат бу. Мурабий 100%га ҳақ.