
Messi, Di Mariya, Dibala va boshqalar - Argentinaning jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi
Argentina terma jamoasining "JCh-2022" uchun kengaytirilgan tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Bosh murabbiyi Lionel Skaloni tarkibiga 32 ta futbolchini kiritdi. Yakuniy ro‘yxat 14 noyabr kuni e’lon qilinadi va terma jamoada 26 ta o‘yinchi bo‘lishi kerak.
Darvozabonlar: Emiliano Martines («Aston Villa»), Xeronimo Ruli («Vilyarreal»), Xuan Musso («Atalanta»), Franko Armani («River Pleyt»);
Himoyachilar: Nauel Molina («Atletiko»), Gonsalo Montel («Sevilya»), Kristian Romero («Tottenxem»), Xerman Pesselya («Betis»), Nikolas Otamendi («Benfika»), Lisandro Martines («Manchester Yunayted»), Markos Akunya («Sevilya»), Nikolas Talyafiko («Lion»), Xuan Foyt («Vilyarreal»), Fakundo Medina («Lans»), Neuen Peres («Udineze»).
Yarim himoyachilar: Rodrigo De Paul («Atletiko»), Leandro Paredes («Yuventus»), Djovani Lo Chelso («Vilyarreal»), Papu Gomes («Sevilya»), Aleksis Mak Allister («Brayton»), Gido Rodriges («Betis»), Entso Fernandes («Benfika»), Eksekiel Palasios («Bayer») va Nikolas Gonsales («Fiorentina»).
Hujumchilar: Lionel Messi («PSJ»), Lautaro Martines («Inter»), Anxel Di Mariya («Yuventus»), Xulian Alvares («Manchester Siti»), Xoakin Korrea («Inter»), Paulo Dibala («Roma»), Anxel Korrea («Atletiko»), Tyago Almada («Atlanta Yunayted»).
20 noyabrda boshlanadigan JCh-2022da Argentina Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan birgalikda "S" guruhidan joy olgan.
Fikrlar