Messi, Neymar va Mbappe bor jamoani boshqarmas edim!

  • 3 oktabr, 2024, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jahon futboli yulduzlari Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe birga o‘ynasa,  bu jamoani boshqarmasligini ta’kidladi.

Tecno

- Men Messi, Neymar va Mbappe birga o‘ynagan jamoani boshqarmas edim. Agar biror jamoa dunyoning eng zo‘r yulduzlari evaziga g‘olib chiqadigan bo‘lsa, PSJ Chempionlar ligasida sakkizta sovrinni qo‘lga kiritardi. Klubda hozirgacha birorta sovrin yo‘q, - dedi Luis Enrike.

54 yoshli ispaniyalik mutaxassis PSJni 2023 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda.

Luis Enrike jamoani qabul qilib olganida Lionel Messi “Inter Mayami”ga, Neymar “Al-Hilol”ga o‘tib ketgan edi. Tajribali mutaxassis jamoaning asosiy yulduzi Kilian Mbappe bilan bir yil birga ishladi va mamlakat chempionligiga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!