Messi, Ronaldu va Neymar FIFAning yil terma jamoasidan o‘rin olishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro futbol tashkiloti – FIFA 2016 yilning ramziy terma jamoasiga nomzod futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning matbuot hizmati xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, yil terma jamoasi 1ta darvozabon, 4ta himoyachi, 3ta yarim himoyachi va 3ta hujumchidan iborat bo‘ladi. Aytish kerakki, ovoz berishda 75ta davlatdan 25 mingdan ortiq professional futbolchilar ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun, ramziy terma jamoaga nomzod 55ta futbolchi orasidan Lionel Messi ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Real"), Neymar ("Barselona"), Janluidji Buffon ("Yuventus"), Filipp Lam ("Bavariya") va Serxio Aguero ("Manchester Siti") kabi futbolchilar joy olishgan.

Yilning ramziy terma jamoasi har doimgidek 9 yanvar kuni Shveytsariyaning Tsyurix shaxrida FIFAning tantanali marosimida ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!