Messi 2017 yildan buyon jami 370 mln evro soliq to‘lagan

  • 10 fevral, 2021, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” forvardi Lionel Messining 2017 yilda klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan buyon qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Yaqinda El Mundo nashri argentinalik futbolchi va Kataloniya klubi o‘rtasida imzolangan shartnoma bandlarini oshkor qilgan edi. Unga ko‘ra, Messi 4 yillik shartnoma muddati davomida “Barselona”dan jami 555 237 619 evro ishlab olishi ko‘zda tutilgan.

Kataloniyaning El Periódico de Catalunya nashri Messi 2017 yildan buyon davlat g‘aznasiga jami 370 mln evro soliq to‘lagani haqida ma’lum qildi. Ularning 275 millioni daromad solig‘idir. Shuningdek, futbolchi imij huquqlari va reklama shartnomalari uchun ham alohida soliq to‘laydi va bu umumiy soliqlarning 15 foizini tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!