Messi 250 mln evroga baholangan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta 2006 yilda "Inter" Lionel Messini xarid qilmoqchi bo‘lganini esladi.

"O‘tgan yozda Messi ketmoqchi edi. O‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabat tufayli, Leo g‘azablangandi. Hozir men jamoada emasman, ammo u "Barselona"ni sevishini bilaman. Men Messi bilan gaplashib, u va jamoa uchun eng to‘g‘ri yo‘lni tanlashda yordam berishim mumkin.

Ushbu hujumchi uchun doim takliflar bo‘lgan. 2006 yilda Moratti 250 mln evro va’da qilgan, ammo men rad javobini berganman. Keyin men Leo va oilasining "Barselona"ga bo‘lgan hurmatini ko‘rdim. Otasi mendan nima qilish kerakligini so‘raganida, jamoada qolish kerakligi va natijalarga erishish uchun uning atrofida jamoa shakllantirishimiz hamda Leo tarixga kirishini aytgandim," - dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!