
Messi 9-o‘yinga kelibgina “Chelsi”ga gol kirita oldi
Ayni daqiqalarda EChL 1/8 final bosqichi doirasida Angliyaning “Chelsi” hamda Ispaniyaning “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi bahs davom etmoqda.
62-daqiqada Villian hisobni ochdi. 75-daqiqada esa “Chelsi” himoyasidagi pala-partishliklardan unumli foydalanib, Lionel Messi muvozanatni tiklashga erishdi.
Bu Messining “Chelsi” darvozasiga kiritgan ilk goli bo‘ldi. Qizig‘i, argentinalik futbolchiga bu ishni amalga oshirishi uchun naqd 9 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Fikrlar