
Messi Argentina terma jamoasi bilan jami nechta sovrin olgan?
AQShda tashkil qilingan “Amerika kubogi-2024” musobaqasi Argentina terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Argentinaliklar sardori Lionel Messi uchun bu o‘z yurti terma jamoasi bilan qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi sovrin hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, 37 yoshli futbolchi bu sovrinlarning aksariyatiga faoliyatining so‘nggi bosqichida erishgan.
Messi xalqaro miqyosdagi ilk g‘alabasini 2008 yili Pekinda bo‘lgan Olimpiya o‘yinlarida nishonlagan. Keyinchalik milliy terma jamoa safida 2021 yili Amerika kubogi, bir yildan keyin Qatardagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Nihoyat, Messi 2024 yilda “Kopa Amerika” g‘olibi sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.
Bugungi kunda Lionel Messi professional futbolchilar orasida eng ko‘p – 45 ta sovrini bor o‘yinchiga aylangan.
Fikrlar