Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi
«Inter Mayami»ning afsonaviy hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi kelajagi borasida qarorini qabul qildi. Bu haqida jurnalist Fran Kasaretto ma'lumot bergan.
«Lionel Messiga yaqin manbalarga ko‘ra, u hali-hanuz xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotgani yo‘q. Kutilmoqdaki, Messi terma jamoa safidagi o‘yinlarini 2028 yildagi Amerika Kubogidan so‘ng tugatadi», — deb yozgan Kasaretto o‘zining X sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkazilgan 2026 yildagi jahon chempionatida Argentina kumush medalni qo‘lga kiritdi. Finalda jamoa Ispaniyaga minimal hisobda — 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 39 yoshli Lionel Messi musobaqadagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar